Hisob

Vevez hisobingizni oʻchirish

Vevez ilovasidagi hisobingizni istalgan vaqtda oʻchirishingiz mumkin: ilovada bir necha qadamda yoki ilovaga kira olmasangiz, elektron pochta orqali.

Ilovada oʻchirish

  1. Vevez ilovasini oching va tizimga kiring.
  2. “Mening profilim” sahifasida “Profilni o'zgartirish” tugmasini bosing.
  3. Sahifa oxiridagi hisobni oʻchirish kalitini yoqing.Hech narsa tasodifan oʻchib ketmasligi uchun kalit “Hisobni o'chirish” tugmasini faollashtiradi. Oʻchirishni bekor qilib boʻlmaydi.
  4. “Hisobni o'chirish” tugmasini bosing va tasdiqlang.

Ilovasiz oʻchirishni soʻrash

Ilovaga kira olmasangiz, hisobingizda roʻyxatdan oʻtgan elektron pochta manzilidan yoki telefon raqamingizni koʻrsatib, quyidagi manzilga “Hisobni oʻchirish soʻrovi” mavzusida xat yuboring.

info@vevez.com

Shaxsingizni tasdiqlaganimizdan soʻng hisobingizni koʻpi bilan 30 kun ichida oʻchiramiz. Hisobingizni oʻchirmasdan, faqat ayrim maʼlumotlaringizni oʻchirishni ham shu manzil orqali soʻrashingiz mumkin.

Qaysi maʼlumotlar oʻchiriladi, qaysilari saqlanadi?

Hisob va profil maʼlumotlari
Ismingiz, elektron pochta manzilingiz, telefon raqamingiz va profil rasmingiz oʻchiriladi yoki sizni endi aniqlab boʻlmaydigan qilib anonimlashtiriladi.
Sharhlar va baholar
Ismingizsiz qolishi mumkin.
Buyurtma, toʻlov va hisob-faktura yozuvlari
Buxgalteriya va soliq qonunchiligi talab qiladigan muddat davomida (mamlakatga qarab 10 yilgacha) saqlanadi, soʻng oʻchiriladi.
Xabarlar, izohlar, bronlar
Xizmat va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolar uchun zarur boʻlguncha saqlanadi, soʻng oʻchiriladi yoki anonimlashtiriladi.
Tizim va xavfsizlik jurnallari
Qonun uzoqroq muddatni talab qilmasa, 13 oygacha saqlanadi.

Batafsil maʼlumot Maxfiylik siyosatida.